3-aprel kuni ilk bor Toshkentda beshinchi Markaziy Yevroosiyo venchur forumi (CEVF) bo‘lib o‘tadi. Spot forumning axborot hamkori hisoblanadi.
Unda Markaziy Yevroosiyo va butun dunyodan 1000 dan ortiq ishtirokchi — investorlar, tadbirkorlar, top-menejerlar hamda venchur fondlari vakillari qatnashadi.
Forumning tashkilotchisi MOST Holding bo‘lib, u bir nechta venchur jamg‘armalari, biznes-inkubator va moliyaviy xizmatlarni boshqarib, startaplarning kengayishi va kapitaldan foydalanish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu yil O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT-startaplar va raqamli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi milliy platforma — IT Park Uzbekistan CEVF hamtashkilotchisi sifatida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, forum Astana Hub, UK International Development, YTTB, IFC, Air Astana, Yandex Cloud, VISA, UZVC, Accelerate Prosperity va KPMG tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Beshinchi forumda butun dunyodan 50 dan ortiq venchur fondlari va yuzlab biznes farishtalari, jumladan Symbiotics Investments xalqaro platformasi, Uzum O‘zbekiston yakkashoxi, FAO Partners (Singapur) va idacapital investitsiya fondi (Turkiya) ishtirok etadi.
Forumning asosiy spikerlari orasida — Golden Gate Ventures hamkori Maykl Lints, Constructor Capital bosh hamkori Mari Lepske, MA7 Ventures va MA7 Angel Club asoschisi Murod Abdurahmonon hamda Uzum hammuassisi va operatsion direktori Roman Lavrentyev bor.
CEVF 2026 — Markaziy Osiyo mintaqasining innovatsion iqtisodiyotini mustahkamlashga va xalqaro miqyosda venchur kapitalini jalb etish markazini shakllantirishga xizmat qiladi.
Avvalroq Spot Dalerxon Nodirov IT Park Ventures direktori etib tayinlangani haqida yozgandi.