Uchta o‘quv xonadan ikki kampus va olti ming talabali to‘laqonli universitetgacha bo‘lgan yo‘l. Profi University tarixi fikr jasorati boshlang‘ich kapitaldan muhimroq ekanligini isbotlovchi hikoyadir.
Dastavval, Profi uchta o‘quv xonasi-yu bir nechta o‘qituvchi va katta g‘oya bilan boshlagan kichik ta’lim kompaniyasi bo‘lgan. Bugun Profi University — Toshkent va Navoiyda kampuslari, olti mingdan ortiq talabasi va yuz nafar professori bo‘lgan xususiy universitet hisoblanadi. Bu hikoya pul haqida emas, aksinchaodamlar ta’lim kuchiga chin dildan ishonganda nima sodir bo‘lishi haqida.
Hammasi Profi Education tarmog‘idan boshlangani — bolalar bog‘chalari, maktablar va o‘quv markazlari asta-sekin keng infratuzilmaga aylangan. 2021-yil dekabr oyida kompaniya keyingi qadamni qo‘ydi: universitet ochish uchun litsenziyasi olindi. Dastlab maqsad amaliy ahamiyatga ega edi: o‘z ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlash. Biroq oradan yil o‘tmay ma’lum bo‘ldiki, universitet bu vazifadan ancha salmoqliroq missiyalarni bajarishga tayyor ekan.
“Bizning missiyamiz barcha sohalarda tanqidiy fikrlay oladigan, bilim va imkoniyatlari orqali o‘z hayoti va atrofdagilar hayotini yaxshilay oladigan insonlarni tarbiyalash”, — universitetda gapirib berishdi .
Ta’lim ichida
Profi Universityning sifat haqidagi eng kuchli argumentlaridan biri professor-o‘qituvchilar tarkibi hisoblanadi. Yuz nafardan ortiq professor va o‘qituvchilardan 86 nafari doimiy asosda ishlaydi. Ular orasida — akademik, besh nafar fan doktori (DSc), 29 nafar fan nomzodi (PhD) va bir nafar xorijiy professor mavjud. Bu yosh xususiy universitet uchun jiddiy salohiyat.
Universitetning rektori — Shoumarov G‘ayrat Baxramovich psixologiya fanlari doktori, professor, 2008−2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan. Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, u O‘zbekistondagi barcha universitetlar rektorlari orasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi unvoniga ega bo‘lgan yagona amaldagi rektorlaridan biri sanaladi.
Tibbiyot — yangi ustuvorlik
Bugun Profi University’ning asosiy rivojlanish yo‘nalishi tibbiyot ixtisosliklari hisoblanadi. Bu tasodifiy burilish emas: O‘zbekiston malakali tibbiy kadrlar tanqisligini his qilmoqda, xususiy sog‘liqni saqlash sektori esa mutaxassislar tayyorlash sur’atidan ko‘ra tezroqqa o‘sib bormoqda. Universitet mazkur tafovutni tizimli ravishda va qat’iyat bilan to’ldirishga kirishgan.
Tibbiyot fakulteti dolzarb klinik yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi ta’limni taklif etadi. Faqat kunduzgi ta’lim, hech qanday sirtqi shaklsiz: universitet bo‘lajak shifokor amaliyotda bo‘lishi va ustozlar bilan bevosita ishlashi shart, degan fikrda qat’iy turadi. Bu cheklov emas, balki sifatni ta’minlaydigan pozitsiyadir.
Nima uchun Profi University’ni tanlashadi:
- tibbiyot ixtisosliklari ustuvor — amaliyotga yo‘naltirilgan kunduzgi ta’lim;
- yuqori darajadagi professor-o‘qituvchilar: akademiklar, DSc, PhD va xorijiy professorlar;
- haqiqiy klinik keyslar asosida zamonaviy o‘quv dasturlari;
- tibbiyot yo‘nalishlarida faqat kunduzgi shakl;
- Toshkent va Navoiydagi ikki kampus;
- “Profi Education” ekotizimining bir qismi: bog‘chalar, maktablar, ta’lim markazlari;
- bitiruvchilar uchun karyera markazi, xalqaro stajirovkalar, grantlar va stipendiyalar.
Profi University’ga shunchaki kirib bo‘lmaydi: bu universitetning ustunligidir
O‘zbekistondagi xususiy oliy o‘quv yurtlari haqida uzoq yillar davomida barqaror stereotip shakllangan: “Kontrakt to‘lasang bo‘ldi, xohlagancha o‘qiysan”. Profi University bu stereotiplarni o‘zgartirmoqda. O‘qishga kirishning yagona yo‘li imtihondan o‘tish. Bilim bo‘lmagan joyda, pul birorta ham eshikni ocha olmaydi.
Muassasaning ichki muhiti o‘ziga xos: bu yerda zamonaviy ta’lim metodlari qat’iy akademik nazorat bilan birga olib boriladi. Mashg‘ulotlar interaktiv va jonli formatda tashkil etilgan bo‘lsa-da, imtihon va amaliyot talablari o‘ta yuqori. Diplomga shunchaki erishib bo‘lmaydi — talaba yo bilim olishi, yo universitet bilan xayrlashishi kerak.
Aynan shu qat’iyat Profi University diplomini ahamilatli qiladi. Tibbiyotdagi ish beruvchi nafaqat oliy o‘quv yurti nomiga, balki bitiruvchi nimalardan o‘tganiga ham qaraydi. Profi University bitiruvchisi esa birinchi imtihondan to oxirgisigacha haqiqiy tanlovdan o‘tgan. Bu yerda hamma ham o‘qiy olmaydi. Ammo o‘qiy olganlar tayyor mutaxassis bo‘lib chiqadi.
Telefon: (+998) 78−777−11−11.
Manzil: Bektemir tumani, Husayn Bayqaro ko‘chasi, 117.
Sayt: profiuniversity.uz
Reklama huquqlari asosida.


