Bugun, 20:01 Biznes

Tramp va uning oilasi kriptovalyuta loyihalari orqali o‘z boyligini $620 mlnga oshirdi

AQSh prezidenti oilasining aktivlari tarkibida mahsulotlar ishlab chiqarishga oid litsenziya bitimlari hamda kriptovalyutalar tobora ko‘proq ulushni egallamoqda.
Bugun, 19:41 Iqtisodiyot

Toshkent hokimligi Ozarbayjon kompaniyalari bilan $400 mlnlik shartnomalar tuzdi

Loyihalar 5 yulduzli mehmonxona, turar-joy majmuasi va savdo markazini qurish, restoran va qahvaxonalar tarmog‘ini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
Bugun, 19:00

IT Park University ochiq eshiklar kuniga taklif etmoqda

Tadbir 5-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida abituriyentlar, ota-onalar va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olish hamda karyera qurishga qiziquvchilar uchun o‘tkaziladi.
Bugun, 18:22 Iqtisodiyot

10-iyuldan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi

Arizalarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali bepul jo‘natish mumkin.
Bugun, 17:41 Biznes

TikTok Shop US sotuv xizmatidagi xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

Qayd etilishicha, TikTok aprel oyidan beri ushbu jamoani ishdan bo‘shatishning uchinchi bosqichini o‘tkazdi, ammo bu qancha ish o‘rinlariga ta’sir qilganini oshkor qilmadi.
Bugun, 17:24 Biznes

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Shu bilan biirga, Air China ham ikkita yo‘nalish bo‘yicha mamlakatga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bugun, 17:00 Ta'lim

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan 5 ta kitob

Kitoblar orqali inson nafaqat bilim oladi, balki boshqa jamiyat, madaniyat va qarashlarni ham tushunishga o‘rganadi, deydi Sabine Mahl. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori yetti yoshidan boshlab mutolaani odatga aylantirgan va hozir ham buni hayotining ajralmas qismidek ko‘radi.
Bugun, 16:47 Biznes

Prezident Sea Breeze Uzbekistan master-rejasining yangilangan konsepsiyasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi doirasida Kaspiy dengizi bo‘yidagi Sea Breeze dam olish maskani faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Bugun, 16:02 Moliya

Dollar kursi pasayishda davom etmoqda

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 34 so‘m 15 tiyinga pasayib, 12 557,56 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:59 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda bodom narxi qariyb ikki baravarga qimmatlashdi — EastFruit

So‘nggi ikki yarim oy ichida mahalliy navli bodom mag‘zining o‘tgan yilgi hosilining ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 65−70 ming so‘mdan 120−130 ming so‘mgacha ko‘tarildi.
Bugun, 15:56 Biznes

“Bu korporativ xususiyatga ega emas” — Anorbank Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilishi haqida

Raqamli bank ushbu holat operatsion faoliyatga aloqador emasligini, ishlar odatdagi tartibda davom etayotganini ma’lum qildi.
Bugun, 15:11 Biznes

Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov Parijda o‘g‘irlab ketildi

Le Monde nashrining yozishicha, o‘zbekistonlik bankir Nitsaga olib ketilib, u yerda kaltaklangan va tahdidga uchragan. Ikki kundan keyin esa uni ozod qilishgan.
Bugun, 14:09 Qonunchilik

O‘zbekistonda xususiy oliygohlar uchun talablar kuchaytirilmoqda

Ular ustav fondini kamida $2 mln miqdorida yaratishlari, $350 minglik depozit ochishlari va 5 yillik strategik rivojlanish rejasi bilan konsepsiyani taqdim etishlari kerak.
Bugun, 13:11 Qiyofa

Paramount kompaniyasi Donald Trampga $16 mln tovon to‘laydi

Bunga Tramp kompaniyaga tegishli CBS News telekanalini Kamala Harris bilan intervyuni to‘liq va tahrirsiz efirga uzatmagani uchun ayblagani sabab bo‘lgan.
Bugun, 13:01 Biznes

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligini buzgani uchun 17 ta kompaniyani jarimaga tortdi

Bular qatorida uchta bank — Infinbank, Tengebank hamda Davr Bank filiallari bor.
Bugun, 11:25 Biznes

Bokuda Made in Uzbekistan brendi ostida doimiy shourum ochildi

Yil oxirigacha O‘zbekiston Ozarbayjonga 1 mln kvadrat metr kafel va keramogranit yetkazib beradi.
Bugun, 10:40 Biznes

Microsoft 9000 nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Qisqartirish kompaniyaning boshqaruv jarayonlari va tuzilmasini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bugun, 09:52 Biznes

O‘zbekiston aviakompaniyalari Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tiklamoqda

Qanot Sharq 2-iyuldan, Air Samarkand 6-iyuldan, Centrum Air esa 31-iyuldan Tel-Avivga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.
Bugun, 09:42 Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘istonda qiymati 73,4 mlrd so‘mlik turizm zonasi quriladi

Joriy yil dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hududda 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran kabilar joylashtiriladi.
Kecha, 20:12 Iqtisodiyot

Tadqiqot: O‘zbekiston onlayn ta’lim bozorida nimalar kuzatilmoqda?

Bozorning asosini 35 ta yirik edtech-kompaniyalari tashkil etib, ularning jami daromadi 118 mlrd so‘mga yetgan.
Kecha, 20:01 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Ozarbayjon kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Tomonlar 2030-yilga borib tovar ayirboshlashni $1 mlrdga yetkazish maqsadida sanoat kooperatsiyasi va savdoni rivojlantirish dasturlarini imzoladilar.
Kecha, 18:58 Texnologiyalar

Threads shaxsiy xabarlar funksiyasini ishga tushirdi

Funksiya Yaponiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidan tashqari, Threads mavjud bo‘lgan aksariyat bozorlarda 18 yosh va undan katta foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Kecha, 18:57 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Ozarbayjon alohida Kooperatsiya dasturini joriy qiladi

Dastur sanoat, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm, bank va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Kecha, 18:35 Biznes

Auksionda chiroyli avtoraqam 803,3 mln so‘mga sotildi

Bitimni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va avtoraqamni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak.
Kecha, 18:07 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda pullik davlat xizmatlari bank va to‘lov ilovalariga integratsiya qilinadi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT-xizmatlar eksporti 2025-yilda rejalashtirilgan muddatdan uch yil oldin $1 mlrddan oshishi kutilayotganini qayd etdi.
Kecha, 17:24 Energetika

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga yashil energiya koridori doirasida qo‘shma korxona tuzdi

Bokuda joylashgan kompaniyaning bosh direktori Ozarbayjon Energetika vazirligi va SOCAR kompaniyasining sobiq xodimi Farhod Mammadov bo‘ldi.
Kecha, 16:54 Qiyofa

Nissan AQShda 443 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib oladi

Qayd etilishicha, qaytarib olishga dvigatel nuqsoni transport vositasining shikastlanishiga yoki butunlay ishdan chiqishiga olib kelishi sabab bo‘lgan.
Kecha, 16:09 Iqtisodiyot

Iyuldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

Kompaniyalar yillik daromadi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan soliqlarni ushlab qolib, Soliq qo‘mitasiga yo‘naltiradi.
Kecha, 16:05 Moliya

Dollar kursi yana pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 84 so‘m 40 tiyinga pasayib, 12 591,71 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:57 Texnologiyalar

Apple iPhone protsessoriga asoslangan arzon MacBook chiqaradi

A18 Pro chipiga ega arzon MacBook’ni ishlab chiqarish joriy yil qishda yo‘lga qo‘yiladi.
Kecha, 15:23 Biznes

Ilon Maskning sun’iy intellekt startapi raqobatchilar bilan kurashish uchun $10 mlrd jalb qildi

Ushbu bosqichdan so‘ng xAI kompaniyasi bahosi $120 mlrdgacha ko‘tarilishi mumkin, ba’zi investorlar esa hozirdanoq uni $200 mlrdga baholamoqda.
Kecha, 15:05 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Nvidia chiplaridagi kichik GPU-klasterini ishga tushirdi, yil oxirigacha yirik klaster ham joriy etiladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, infratuzilma sun’iy intellekt loyihalarida, birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash sohasida foydalaniladi.
Kecha, 14:45 Qonunchilik

MyGov ilovasida ayrim hujjatlarning elektron shakllari joriy etildi

Ularni banklar, notarial idoralar, ichki avia hamda temir yo‘l qatnovlarida, shuningdek, davlat va korporativ xizmatlardan foydalanishda qog‘oz shaklining o‘rniga taqdim etish mumkin.
Kecha, 13:55 Qiyofa

Google Android foydalanuvchilari ma’lumotlarini noqonuniy to‘plagani uchun $314 mln tovon to‘laydi

Qayd etilishicha, Kaliforniya hakamlar sudi kompaniyani ularning shaxsiy ma’lumotlarini yashirincha to‘plagani uchun aybdor deb topdi.
Kecha, 13:42 Qonunchilik

Endi ortiqcha undirilgan soliqlarni boshqasiga yo‘naltirish mumkin

Elektron soliq to‘lovlarini Face-ID yoki barmoq izlari orqali tasdiqlash mumkin. Baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari avtomatik shakllantiriladi.
Kecha, 11:31 Ta'lim

O‘zbekistonda Bir million sun’iy intellekt yetakchilari dasturi ishga tushirildi

U orqali sun’iy intellekt sohasidagi beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bepul o‘zlashtirish mumkin.
Kecha, 10:40 Texnologiyalar

O‘zbekiston sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga $50 mln yo‘naltiradi

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish va kommunal sohalarda “raqamli hukumat” tizimini yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.
Kecha, 10:10 Energetika

Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

2-iyul kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Kecha, 09:41 Texnologiyalar

Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi

Xususan, vazifalar ro‘yxatlari, tavsiya qilingan postlar va kanallar uchun ko‘proq monetizatsiya variantlari kabi imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
1 iyul 2025, 21:00 Iqtisodiyot

Dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi: ekspertlar so‘m mustahkamlanishi haqida

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting