«bojxona» tegli maqolalar
11 oktabr 2025, 17:53 Iqtisodiyot
Import telefonlarni Yo‘lovchi deklaratsiyasi ilovasi orqali deklaratsiya qilish imkoni yaratildi
Xizmat hozirda Toshkent aeroportida ishlamoqda. 1-noyabrdan boshlab esa barcha chegara punktlarida ishga tushiriladi.
7 oktabr 2025, 13:10 Iqtisodiyot
Narxlarning qimmatlashishi va monopoliya xavfi — Yuksalish import bojlarini pasaytirishga chaqirdi
harakat boj siyosatini qayta ko‘rib chiqib, adolatli va mutanosib mexanizmlarni joriy etishni taklif qilmoqda.
30 sentabr 2025, 19:24 Iqtisodiyot
Amerikalik bloger O‘zbekistondan avtomobilini olib chiqishda muammoga uchradi
Bloger Camperghini chegaradan avtomobilini olib chiqishda bojxona yig‘imini to‘layolmasdan uch kun qolib ketgan. U mashinaning mamlakatda bo‘lish muddatini salkam ikki oyga o‘tkazib yuborgan.
22 sentabr 2025, 15:37 Qonunchilik
Toshkent aeroportida iPhone 17 Pro Max‘ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qatardan kelgan fuqaro umumiy qiymati 230 mln so‘mlik telefonlarni deklaratsiyada ko‘rsatmasdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
4 sentabr 2025, 17:05 Qonunchilik
Bojxona omboridagi avtomobillarni boshqalarga o‘tkazish taqiqlanishi mumkin
Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Unga ko‘ra, bojxona omborida vaqtincha saqlanayotgan tovarlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanishi mumkin.
4 sentabr 2025, 13:34 Iqtisodiyot
Bojxonada qayta ishlash tartibi belgilandi: ruxsatnoma qanday olinadi?
Tovarlar Bojxona kodeksi hamda qayta ishlash ruxsatnomasi asosida joylashtiriladi.
18 avgust 2025, 10:22 Iqtisodiyot
Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i $5 ming pora bilan ushlandi
Mansabdor shaxs 80 dona iPhone 16 ni postdan noqonuniy o‘tkazib berish evaziga $5 ming va 1 dona iPhone 16 Pro talab qilgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
13 avgust 2025, 15:04 Iqtisodiyot
Navoiy chegara postiga avtomobillarni skanerlovchi inspeksion ko‘rik majmuasi o‘rnatilmoqda
Bunda haydovchi va yo‘lovchilarning avtotransport salonidan tushishlari shart emas, qurilma sanitar himoya hududini talab etmaydi hamda salomatlikka ziyon yetkazmaydi.
18 iyul 2025, 13:33 Iqtisodiyot
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namangandagi Uchqo‘rg‘on chegara posti inspektori 57 dona telefonni ro‘yxatdan o‘tkazib berish hamda deklaratsiyasiz olib kirilgan kiyimlarga nisbatan chora qo‘llamaslik evaziga jami $6000 dan pul ortiq talab qilgan.
11 iyul 2025, 10:31 Iqtisodiyot
Bojxonada musodara qilingan valyuta miqdori 3 barobar, zargarlik buyumlari esa 2 barobar ko‘paydi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida budjetga bojxona tushumlari 34 trln so‘mni tashkil etdi. Biznesga 24,6 trln so‘mlik bojxona imtiyozlari berildi.
19 may 2025, 15:34 Iqtisodiyot
Qozog‘iston bilan chegaradagi Dovut ota o‘tkazish punkti yana to‘rt oyga yopildi
Tajen nazorat-o‘tkazish punktida davom etayotgan rekonstruksiya ishlari sababli Qozog‘iston tomoni fevral oyida qo‘yilgan cheklovni 1-sentabrgacha uzaytirishni taklif qilgan. O‘zbekiston buni qo‘llab-quvvatladi.
25 aprel 2025, 19:41 Qonunchilik
“Bu cheklov emas” — Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normasi kamaytirilishi bo‘yicha savollarga javob berdi
Qo‘mita yangi talablar asosan tashmachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga ta’sir qilishini, chegaradan tovar olib o‘tish jarayonini rasmiylashtirish imkonini berishini qayd etdi.
22 aprel 2025, 18:05 Biznes
“Bu arzimas zarar uchun iste’molchilarni jazolashdir” — jamoatchilik bojsiz olib kirish normalarining pasaytirilishi haqida
1-maydan O‘zbekistonda xorijdan bojsiz tovar olib kirish talablari kuchaytirilmoqda. Spot iqtisodchilar hamda biznes vakillarining yangi talablar bo‘yicha bildirgan fikrlarini o‘rganib, ularni bir joyga jamladi.
21 aprel 2025, 17:24 Biznes
70 turdagi tovarlarning bojxona qiymati va miqdori nazorat qilinadi. Ro‘yxat
Bojxona deklaratsiyasida tovar qiymati oxirgi 90 kunlik o‘rtacha qiymatning kamida 80%ini tashkil etishi kerak.
21 aprel 2025, 10:09 Iqtisodiyot
“Tashmachilik” va “notijorat” harakatlariga qarshi — Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normalari kamaytirilishi haqida
Qo‘mita yangi tartiblar ichki bozorda sog‘lom raqobatni yaratish hamda yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yishga qaratilganini qayd etdi.
20 aprel 2025, 11:14 Biznes
1-maydan O‘zbekistonda tovarlarni bojsiz olib kirish normasi kamaytiriladi
20-iyuldan biologik faol qo‘shimchalarni bojsiz olib kirish cheklanadi. Tamaki mahsulotlarini bojsiz olib kirish uchun normalar aniqlashtirilmoqda.
28 mart 2025, 14:10 Biznes
Sentabrdan bojxonada avtomobillar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etiladi
Birinchi bosqichda Toshkent viloyatidagi ikkita va Qoraqalpog‘istondagi bitta postda mazkur yo‘laklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
28 mart 2025, 12:32 Qonunchilik
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha mobil ilova ishga tushiriladi
Shuningdek, tadbirkorlarga O‘zbekistonning istalgan joyidan bojxona to‘lovlarini to‘lashga ruxsat beriladi.
25 fevral 2025, 09:22 Iqtisodiyot
Yirik bojxona postlarida avtomobil hamda avtobuslar uchun “qizil” va “yashil” yo‘laklar joriy etiladi
Xalqaro avtobuslarda ham, aviareyslardagi kabi yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan olish tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
24 fevral 2025, 12:39 Biznes
Qoraqalpog‘istonda 608 mln so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochgan tadbirkor aniqlandi
Qayd etilishicha, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi jarayonida olib kirilgan tovar hujjatlarda boshqa tovar kodi ostida taqdim etilgan.