«kambag‘allik» tegli maqolalar
13 mart 2026, 14:38 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini har bir hudud uchun alohida belgilash rejalashtirilmoqda
Bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev yil oxirigacha minimal iste’mol xarajatlarini hududlar kesimida differensiyalash ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.
5 mart 2026, 15:47 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
Unga ko‘ra, 2026-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi.
5 mart 2026, 15:15 Iqtisodiyot
2026-yili Sirdaryoga $3 mlrd investitsiya jalb etilib, eksport hajmi $500 mlnga yetkaziladi
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda yalpi hududiy mahsulotni 9% ga, sanoatni 8,2% ga, xizmatlar sohasini 15,4% ga oshirish taʼkidlandi.
4 mart 2026, 12:21 Iqtisodiyot
Xorazmdagi avtozavod mashinasozlik klasteriga aylantiriladi: mahalliylashtirish 62% ga yetkaziladi
Viloyatda 10 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun mikromarkazlar tashkil etiladi. Infratuzilmani yaxshilashga $1,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
2 mart 2026, 12:13 Iqtisodiyot
8,1% o‘sish, $7,2 mlrd investitsiya: Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti qanday rivojlantiriladi?
Joriy yil yakunigacha uchta tuman ishsizlikdan xoli bo‘ladi. Nukus shahri va tumanlarda yo‘l-ko‘prik hamda ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi boshlanadi.
10 fevral 2026, 11:41 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda norasmiy band bo‘lgan 1 mln fuqaro legallashtiriladi
Norasmiy bandlik holatlari va MHTEKMdan past maosh beruvchi ish beruvchilarning barqarorlik reytingi pasaytiriladi.
9 fevral 2026, 20:00 Energetika
903 ta “og‘ir” mahallada kichik quyosh elektr stansiyalari qurish uchun $110 mln ajratiladi
Loyiha doirasida mahallalarda daromad keltiruvchi aktiv sifatida quvvati 300−500 kVt bo‘lgan stansiyalar quriladi.
9 fevral 2026, 15:55 Iqtisodiyot
Dehqonlar va tomorqa egalari uchun yangi imtiyozlar belgilandi
Dehqonlarga 2 mln va 75 mln so‘mlik, tomorqa yer egalariga ko‘chat, tirgak, sug‘orish tizimlari uchun turli miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
23 yanvar 2026, 19:50 Biznes
Pillachilik uchun ehtiyojmand oilalarga 20 mln so‘mgacha qarz beriladi
Joriy yilda 2 ming gektar yer 4 ming kambag‘al oilaga 10 yilga bepul berilib, pilla kooperativi uchun 4 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.
23 yanvar 2026, 17:38 Iqtisodiyot
Endi 37 ta og‘ir tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12% stavkada beriladi
Dastur doirasida barcha tuman uchun kreditning maksimal miqdori 50 mln so‘mga oshiriladi.
23 yanvar 2026, 17:19 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ishsizlarning 21%i 37 ta “og‘ir” tumanga to‘g‘ri keladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bandlik vazirligiga 70 ta tuman va 1 mingta “og‘ir” mahalla bo‘yicha alohida infratuzilma dasturi ishlab chiqish topshirildi. Har bir tumanda sanoat zonalari va klasterlar tashkil etilib, 100 ming aholi uchun ish o‘rinlari yaratiladi.
31 dekabr 2025, 17:30 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda boy va kambag‘al aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut qisqardi
Eng yuqori va eng past daromadli guruhlar o‘rtasidagi farq 6,3 baravardan 5,7 baravargacha pasaydi, Jini koeffitsiyenti esa 0,33 ga tushdi.
31 dekabr 2025, 15:05 Iqtisodiyot
2025-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% gacha qisqardi
Kambag‘allik darajasi 3,1 foiz punktga kamayib, 5,8% ni tashkil etdi. Bir yil davomida 302 ming oila kambag‘allikdan chiqarildi.
27 dekabr 2025, 16:49 Iqtisodiyot
1-fevraldan davlat ta’minotidagi oilalarga tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar beriladi
Mablag‘lar bandlik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, issiqxona qurish hamda zarur asosiy vositalarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.
27 dekabr 2025, 15:58 Iqtisodiyot
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish tartibi o‘zgartiriladi. Endi qanday bo‘ladi?
Endi davlat ta’minotidagi oilalarga nafaqa va moddiy yordam bandlikdan qat’i nazar beriladi, biroq kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarning bandlik va daromad darajasi inobatga olinadi.
27 dekabr 2025, 10:45 Iqtisodiyot
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi
Davlat ta’minotidagi oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam bandlik holatidan qat’i nazar doimiy to‘lanadi, kambag‘allik chegarasidagi oilalarga esa daromadga qarab 6 oyga beriladi.
18 dekabr 2025, 15:57 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ishlamaydigan ayrim oilalar uchun nafaqa va yordam pullari to‘xtatiladi
Mehnatga layoqatli kambag‘al oilalar olti oy davomida ishlamasa yoki taklif etilgan ishlarni rad etsa, ularga nafaqa va ijtimoiy yordamlar bekor qilinadi, band bo‘lganlarga esa yordamlar saqlab qolinadi.
18 dekabr 2025, 10:28 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab toifalarga ajratiladi
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash oilalarning daromadi va bandlik imkoniyatlaridan kelib chiqib differensial yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.
9 dekabr 2025, 19:05 Iqtisodiyot
Kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila uchun individual reja ishlab chiqish kerak — prezident
Mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishda ularning muammolari va o‘sish nuqtalarini aniqlash topshirildi.
5 dekabr 2025, 13:18 Energetika
2026-yilda mahallalarda kooperatsiya asosida 107 MVt quvvatli quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
Natijada 30 mingta kambag‘al oila yashil energiya bilan ta’minlanadi ahmda ular ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topishi mumkin bo‘ladi.