«munosabat» tegli maqolalar

16 iyul 2025, 13:01 Biznes

“Narxlar oshgani yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi telefonlarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida

Qo‘mitaga ko‘ra, bu mazmundagi xabarlar telefonlarni noqonuniy olib kirib sotayotganlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona bojxona to‘lovini to‘lashga to‘g‘ri keladi.
10 iyul 2025, 16:46 Biznes

“Ta'limni ustav kapitaliga emas, natijasiga qarab baholash kerak” — ekspertlar xususiy OTMlarga qo‘yilayotgan yangi talablar haqida

O‘zbekistonda xususiy OTMlarga talab kuchaytirilmoqda. Spot iqtisodchilar va universitetlar vakillarining yangi qoidalar amaldagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga va umuman xususiy ta’lim rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlarini to‘pladi.
4 iyul 2025, 20:45 Energetika

“Qishga tayyorgarlik va issiq vaqtdagi avariyalar” — HET elektr energiyasidagi uzilishlar haqida

Davlat kompaniyasi e’tirozlardan keyin rejaviy o‘chishlar haqida fuqarolarni xabardor qilishni yanada kuchaytirishga va’da berdi.
26 iyun 2025, 14:32 Iqtisodiyot

Eskrou tizimi yangi uy-joylar narxini oshirmaydi — Qurilish vazirligi

Yangi tizim qurilishning shaffofligini oshiradi va loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
26 iyun 2025, 12:05 Iqtisodiyot 2

“O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan” — Pensiya jamg‘armasi

Jamg‘arma pensiya islohoti bo‘yicha har qanday takliflar jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qildi.
13 iyun 2025, 20:36 Qonunchilik

Taksichilar hech qanday cheklovlarsiz barcha hududlarda ishlay oladi — Transport vazirligi

Vazirlik hududiy cheklov bo‘yicha rasmiy izoh berib, taksi haydovchilari faoliyat hududini o‘zlari tanlashi mumkinligini, cheklov litsenziyada ko‘rsatilgan hudud uchun o‘rnatilishini ma’lum qildi.
5 iyun 2025, 00:39 Biznes

“Tarmoqdan foydalanib, xarajatlarini to‘lamayapti” — O‘zbektelekom Humans da’vosiga javob berdi

Davlat operatori Humans uzoq vaqt shartnoma majburiyatlarini buzib kelgani, qarzdorlikni undirish maqsadida sudga da’vo arizasini kiritganini ma’lum qildi. 8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi Humans’ga nisbatan qaror chiqardi.
4 iyun 2025, 18:05 Biznes

Markaziy bank Maroqandga qo‘yilgan cheklovlar sababli Humans bilan arbitraj boshlanganini tasdiqladi

Humans o‘tgan yilning kuzida to‘lov tashkiloti faoliyatini yarim yilga cheklagan regulyator harakatlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.
15 may 2025, 11:02 Iqtisodiyot

Pensiya tizimini xususiylashtirish rejalashtirilmayapti — Strategik islohotlar agentligi

Agentlikning tushuntirishicha, sohaga xususiy sektorni jalb qilish davlat ishtirokidagi pensiya fondini bekor qilishni nazarda tutmaydi.
9 may 2025, 19:01 Iqtisodiyot 3

“O‘zbekiston dunyoning go‘sht arzon sotiladigan davlatlaridan biri” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazirlik go‘sht narxiga ozuqa, elektr energiyasi va yoqilg‘i-moylash materiallari narxlari oshishi ta’sir qilganini qayd etdi.
22 aprel 2025, 18:05 Biznes

“Bu arzimas zarar uchun iste’molchilarni jazolashdir” — jamoatchilik bojsiz olib kirish normalarining pasaytirilishi haqida

1-maydan O‘zbekistonda xorijdan bojsiz tovar olib kirish talablari kuchaytirilmoqda. Spot iqtisodchilar hamda biznes vakillarining yangi talablar bo‘yicha bildirgan fikrlarini o‘rganib, ularni bir joyga jamladi.
17 aprel 2025, 23:00 Biznes

“Davlat bilan ishlash har doim xatarli” — ekspertlar Road24 ilovasi bilan bog‘liq vaziyat haqida

YHXX Safe Road ilovasi ishga tushganini va Road24 endi jarimalarni to‘lashni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Spot vaziyatni o‘rganib, ekspertlarning fikrlarini bir joyga to‘plab, bu masala bo‘yicha birinchi marta o‘z munosabatini bildirgan IT Park izohini oldi.
11 aprel 2025, 19:38 Biznes

“Sinov natijalaridan norozimiz” — Leapmotor O‘zbekistonda avtomobillarini sertifikatlash to‘xtatilganiga izoh berdi

Xitoy kompaniyasi sinovdan o‘tkazilgan avtomobil holati va tekshiruv talablari bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emasligini, qayta tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
20 fevral 2025, 19:57 Biznes

“Anhor va Navro‘z bog‘larida qurilish rejalashtirmayapmiz” — “Golden House”

“Orient Group Management” bog‘ hududida joylashgan savdo markaziga bo‘lgan mulk huquqini yangi bino quruvchi boshqa kompaniyaga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
2 dekabr 2024, 11:29 Iqtisodiyot

“Qo‘rqish noo‘rin” — Jahongir Ortiqxo‘jayev JSTga a’zo bo‘lish haqida

Tadbirkor tashkilotga qo‘shilish natijasida mamlakatga ochilayotgan boshqa davlatlarga xursand bo‘lish kerakligini, milliy mahsulotlarni ularga ham sotish imkoniyati oshishini qayd etdi.
26 sentabr 2024, 10:42 Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta narxi tushirilishi hamda fermerlar majburlanayotganiga munosabat bildirdi

Vazirlik fermer paxtani taklif qilinayotgan shartlarda sotishni xohlamasa, uni qabul punktlariga vaqtincha saqlash uchun topshirishi mumkinligini, fermerlarni shartnoma tuzishga majburlash holatlarida esa anglashilmovchilik yuzaga kelganini qayd etdi.
19 sentabr 2024, 19:08 Biznes

Inbazar’dagi voqea haqida biznes qanday fikrda?

Mazkur savdo markazi bilan yuz bergan holat bo‘yicha jamoatchilik o‘rtasida hali ham muhokamalar davom etmoqda. Biznes vakillari o‘zini hurmat qilgan tadbirkor xodimini hatto haqorat qilmasligini, mazkur kompaniya faoliyatida strategik jihatlar, xodimlar bilan ishlashish ko‘nikmalari yetishmasligini qayd etishdi.
18 iyul 2024, 12:52 Biznes

“Bu reklama kampaniyasi emas” — Zafar Hoshimov

Supermarketlar tarmog‘i asoschisi Raqobat qo‘mitasining Eng arzon narx dasturi bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi.
22 may 2024, 10:38 Iqtisodiyot

“17−18%lik ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom etmoqda” — IQMK

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ikkilamchi bozordagi uylar uchun ipoteka kreditlari ajratilmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
8 aprel 2024, 10:05 Biznes

Bu shartnomaga kompaniyaning aloqasi yo‘q — UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Kompaniya bu holatni uydurma va qasddan uyushtirilganligini ishonch bilan ma’lum qildi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting