«suv ta'minoti» tegli maqolalar
20 oktabr 2025, 19:28 Qonunchilik
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi
Suv hisobini yuritish raqamlashtirilib, 600 mingdan ortiq suv isteʼmolchilari, 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yerning elektron maʼlumotlari shakllantiriladi.
14 oktabr 2025, 10:38 Iqtisodiyot
2026-yilda oltita hududdagi nasos stansiyalarining yarmi xususiy boshqaruvga beriladi
Chortoq tumanida tajriba asosida iste’molchilarga limit doirasida suv yetkazib bergan xususiy sheriklarga suv solig‘ining 40%i to‘lab beriladi.
14 oktabr 2025, 09:54 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi
Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi.
18 sentabr 2025, 10:54 Iqtisodiyot
Namanganni Toshkent bilan bog‘lovchi Pungon-Namangan yo‘li $246 mlnga rekonstruksiya qilinadi
Prezident yil yakunigacha 130 km suv va kanalizatsiya tarmog‘i, 11 ta suv inshooti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
18 avgust 2025, 18:14 Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarning suv taʼminoti bo‘yicha xarajatlari qoplab beriladi
Subsidiya artezian quduq qazish, suv nasoslarini o‘rnatish va suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarining 90%i, biroq BHMning 30 baravaridan oshmagan qismiga beriladi.
15 avgust 2025, 17:55 Iqtisodiyot
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada “aqlli” suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin
4G tarmog‘ida ishlovchi hisoblagich yordamida suv sarfi ko‘rib boriladi hamda qarzdorlik aniqlansa avtomatik tarzda o‘chiriladi.
12 avgust 2025, 19:16 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiyani rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Dastur natijasida tejamkorlik hisobiga bu yil 10 mlrd kub metr, 2028-yilga borib esa 14 mlrd kub metr suv iqtisod qilinishi kutilmoqda.
5 avgust 2025, 08:46 Energetika
Toshkentning bir qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi
Bir qator qozonxonalarda avgust oyi davomida rejalashtirilgan ta‘mirlash va profilaktika ishlari olib boriladi.
31 iyul 2025, 18:43 Iqtisodiyot
Fermerlar uchun dronlar yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Prezident qishloq xo‘jaligida imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini masofaviy monitoring qilish, suv hisobini yuritishni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
31 iyul 2025, 11:49 Qonunchilik
O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilindi. Nimalar belgilanmoqda?
Baliq xo‘jaligi, sanoat, energetika va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilsa, moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
27 iyun 2025, 09:48 Iqtisodiyot
Sirdaryoda ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi
Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 4500 so‘mni, budjet va boshqa tashkilotlar uchun esa 13 ming so‘mni tashkil etadi.
23 iyun 2025, 11:58 Iqtisodiyot
1-iyuldan Buxoroda ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi
Aholi uchun suv ta’minoti xizmatlari 29% ga, kanalizatsiya xizmatlari esa 21,4% ga qimmatlashadi.
20 iyun 2025, 15:58 Energetika
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi — prezident
Qashqadaryoda jami 70 km magistral yo‘l 4 tasmali qilib kengaytiriladi, Qamashi va Yakkabog‘ markazidan aylanib o‘tuvchi 34 kilometrli yangi yo‘l qurilishi boshlanadi.
28 may 2025, 10:26 Iqtisodiyot
O‘zbekiston suv ta’minotini raqamlashtirish uchun OTBdan $125 mln jalb qildi
Mablag‘lar hisobidan besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3000 ta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.
27 may 2025, 18:26 Iqtisodiyot
1-iyundan Andijonda ham ichimlik va oqova suvi narxlari oshiriladi
Bungacha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun keyingi ikki oyda eski narxlar amal qiladi.
27 may 2025, 09:55 Iqtisodiyot
1-iyuldan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshiriladi
Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2600 so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 15 ming so‘mni tashkil etadi.
21 may 2025, 17:39 Iqtisodiyot
5-iyundan Xorazmda ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshiriladi
Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 4500 so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 10 400 so‘mni tashkil etadi.
10 may 2025, 17:24 Iqtisodiyot
Elektr tariflari, inflyatsiya darajasi va xarajatlar — O‘zsuvta'minot ichimlik suvi narxlari oshishi sabablari haqida
Kompaniya ichimlik va oqova suv ta’minotida tariflar islohoti bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
25 aprel 2025, 17:15 Iqtisodiyot
1-maydan Farg‘onada ichimlik va oqova suvi narxlari oshiriladi
Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 3448 so‘mni, budjet va boshqa tashkilotlar uchun esa 6944 so‘mni tashkil etadi.
17 mart 2025, 16:59 Biznes
Surxondaryoning to‘rtta tumanidagi ichimlik suvi ta’minoti Fransiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi
2030-yilgacha suv inshooti va magistral quvurlarga 4 800 ta aqlli hisoblagich, 2 800 ta telemetriya tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.