«tayinlov» tegli maqolalar
13 mart 2026, 15:20 Iqtisodiyot
Azamat Karamatov IT Park Uzbekistan bosh direktori etib tayinlandi
U bungacha IT Park Ventures fondiga rahbarlik qilgan. Karamatov Multicard Payment, Rahmat, Jett va Semurg VC loyihalarining hammuassislaridan biri hisoblanadi.
23 fevral 2026, 19:46 Energetika
Behzod Normatov Prezident Administratsiyasida loyiha ofisi sho‘ba mudiri bo‘ldi
U Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisiga mudir etib tayinlandi.
17 fevral 2026, 09:55 Ta'lim
Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori bo‘ldi
Bungacha u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
13 fevral 2026, 09:56 Iqtisodiyot
Toshkent shahar soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
2021-yildan buyon boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Yunusjon Nasimdjanov o‘rniga Jaxongir Mirpulatov boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi.
10 fevral 2026, 12:23 Iqtisodiyot
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Orifjon Fayziyev va Nozimbek Rustambekov rais o‘rinbosari bo‘ldi.
29 dekabr 2025, 16:45 Qonunchilik
Yangi Namangan, Uychi, Shirin va Boyovut tumanlari hokimlari o‘zgardi
Shuningdek, Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
17 dekabr 2025, 19:56 Energetika
Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz raisi etib tayinlandi
O‘zbekgidroenergoning sobiq rahbari boshqa ishga o‘tgan Bahodirjon Sidiqov o‘rnini egalladi.
15 dekabr 2025, 12:23 Iqtisodiyot
Timur Ishmetov AFI Direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari etib saylandi
Shuningdek, u AFI‘ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Direktorlar kengashidagi vakili etib belgilandi.
28 noyabr 2025, 19:00 Energetika
Milliy elektr tarmoqlari raisi Dadajon Isaqulov O‘zenergoinspeksiyaga rahbar bo‘ldi
U avvalgi lavozimida 2019 yildan buyon ishlab kelayotgan edi. METning yangi raisi etib AJ rahbarining birinchi o‘rinbosari Abdumalik Nazirov tayinlandi.
30 oktabr 2025, 12:22 Qonunchilik
Prezidentning hududiy rivojlanish va iqtisodiy siyosat bo‘yicha yangi maslahatchilari tayinlandi
Ravshan Gulyamov prezidentning hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha, Obid Hakimov esa iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
29 oktabr 2025, 13:08 Iqtisodiyot
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi
U bank sohasida 15 yildan ortiq faoliyat yuritgan. 2020-yildan buyon Markaziy bankning naqd pul muomalasini tashkil etish hamda banklar faoliyati monitoringini amalga oshirish ishlariga rahbarlik qilib kelayotgandi.
10 sentabr 2025, 11:47 Ta'lim
Sardor Rajabov oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Bungacha u maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
13 avgust 2025, 18:56 Iqtisodiyot
Tadbirkor Bahodir Abdullayev O‘zmetkombinat bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Bungacha ushbu lavozimda 2024-yilning oktabr oyidan buyon Dilshod Ahmedov ishlab kelgan.
31 iyul 2025, 20:02 Iqtisodiyot
E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi
Bungacha u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlayotgandi.
14 iyul 2025, 18:58 Qonunchilik
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Ro‘yxat
Erkin Yuldashev davlat rahbari administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.
14 iyul 2025, 18:22 Qonunchilik
Abdulaziz Komilov, Sardor Umurzakov hamda Ruslanbek Davletov yangi lavozimlarga tayinlandi
Xususan, Komilov davlat rahbarining tashqi siyosat, Umurzakov esa strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
14 iyul 2025, 17:47 Qonunchilik
Prezident Administratsiyasi rahbarining beshta o‘rinbosari tayinlandi
Maktabgacha ta’lim vaziri Hilola Umarova ta’lim sohasidagi islohotlarga, Sherzod Ozodzoda esa tadbirkorlik loyihalariga mas’ul bo‘ladi.
11 iyul 2025, 12:40 Biznes
Saidazim Gulyamov UzAuto Motors Powertrain bosh direktori etib tasdiqlandi
2024-yil oxiridan buyon u davlat kompaniyasiga vaqtinchalik rahbarlik qilib kelayotgandi. U bilan 1 yilga mehnat shartnomasi tuziladi.
30 iyun 2025, 19:06 Biznes
Salohiddin Nasirov Uzbekistan Airports raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
U o‘z faoliyatini Uzbekistan Airways’da boshlagan, 2022-yilda Air Samarkand aviakompaniyasida ishlagan. 2023-yilda Nosirov Uzbekistan Airports’ga o‘tdi.
12 iyun 2025, 15:24 Biznes
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
Bungacha u 2021-yildan buyon UzAuto Motors kuzatuv kengashi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.