O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida Call-center tashkil etildi. Bu haqida DTM xabar beradi.

Xabarda keltirilishicha, qabul jarayonlari, test sinovlari va Davlat test markazi faoliyati bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha 1195 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.

Murojaatlarni qabul qilish vaqti har kuni 08:30 dan 18:30 gacha etib belgilandi.