Bojxonachilar giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning iyun-iyul oylarida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtampt” TIF bojxona posti “Xalqaro pochtampt” filialiga Buyuk Britaniya va Gollandiya davlatlaridan Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro L.D. nomiga giyohvanlik vositalari kelgani aniqlandi.

Fuqaro L.D.ning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadonda umumiy miqdori 84,4 gramm bo‘lgan har xil turdagi giyohvandlik moddalari va gul tuvakka ekilgan “marixuanna” o‘simligi borligi aniqlandi.