Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati Markaziy bankning Namangan va Farg‘ona viloyatlari Bosh boshqarmalari hamda tijorat banklari vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuni talablari asosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullar o‘tkazadi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor aholining bank tizimi yuzasidan murojaatlarini hal qilishga, bank tizimida mavjud tizimli kamchiliklarni va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olish masalalariga qaratiladi.

Mazkur qabullar Namangan viloyatida:

  • 2018 yil 25 avgust kuni:
    • soat 14−00 dan 16−00 gacha Chust tumanida Xamkorbank binosida (Istiqlol ko‘chasi, 21-uy);
  • 2018 yil 26 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha To‘raqurg‘on tumanida Xalq bank binosida (Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 23-uy);
    • soat 14−00 dan 18−00 gacha Namangan shahrida Ipoteka bank binosida (Navoiy ko‘chasi, 63-uy);
  • 2018 yil 27 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha Uchqurg‘on tumanida Agrobank binosida (Do‘stlik ko‘chasi, 28-uy);
    • soat 14−00 dan 16−00 gacha Norin tumanida Agrobank binosida (Beruniy ko‘chasi, 8-uy);
  • 2018 yil 28 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha Mingbuloq tumanida Agrobank binosida (Oybek ko‘chasi, 2-uy).

Farg‘ona viloyatida:

  • 2018 yil 28 avgust kuni:
    • soat 14−00 dan 16−00 gacha Marg‘ilon shahrida Xamkor bank binosida (B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 440A-uy);
  • 2018 yil 29 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha Quvasoy shahrida Xamkor bank binosida (A.Navoiy ko‘chasi, 1-uy);
    • soat 14−00 dan 18−00 gacha Farg‘ona shahrida Infin bank binosida (Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 52-uy);
  • 2018 yil 30 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha Toshloq tumanida Agro bank binosida (A.Navoiy ko‘chasi, 10-uy);
    • soat 14−00 dan 16−00 gacha Quva tumanida Qishloq qurilish bank binosida (Qayqubbod ko‘chasi, 242A-uy);
  • 2018 yil 31 avgust kuni:
    • soat 9−30 dan 12−00 gacha avgust Farg‘ona tumanida Agro bank binosida (A.Toshmatov ko‘chasi, 10-uy) o‘tkaziladi.

Shuningdek, ushbu qabulga Yagona davlat interaktiv portaliga, Markaziy bankka, Prezident qabulxonasiga murojaat qilgan (masalasi hal bo‘lmagan) murojaatchilar taklif qilinadi.