Mirzo Ulug’bek tumanidagi ikki qavatli binoga 1,1 milliard so’mlik boshlang’ich narx taklif etilmoqda. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.
Ikki qavatli bino Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan bo’lib, 11 xonaga ega.
Maydonning umumiy yuzasi 0,05 ga. Uy 407 kvadrat metrni tashkil etadi.
Obyekt sudning fuqarolik masalalari bo’yicha 2018 yil yanvaridagi qarori bo’yicha kim oshdi savdosiga qo’yildi.
Auksion 7 sentyabr kuni bo’lib o’tadi, arizalar 5-sentabrgacha qabul qilinadi.
Bay puli 55 million so’mni tashkil etadi.
E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.