Yoshlarning tashabbus va loyihalariga 54 milliard so‘m sarflanadi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.

Yoshlar — kelajagimiz jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlari mutasaddilari, yosh tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xabarga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘larini yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga sarflash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Tijorat banklari orqali yillik 7% stavka bilan imtiyozli kredit berish, band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon sotib olish, ularni kupaytirish va sotish haqida kelishib olindi.

“Bugungi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan har bir yosh kelajakda nafaqat o‘zi yoki mahallasiga, balki butun jamiyatimizga naf keltiradigan tadbirkor bo‘lib yetishadi”, — dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev yoshlar bilan uchrashuvda.