“Afrosiyob — palas” mehmonxonasida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining qarorida keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, rekonstruksiya bo‘yicha loyihani investitsiyalarni jalb qilgan holda Singapurning “EXIM Investments Pte Ltd” kompaniyasi amalga oshiradi.
Zamonaviy mehmonxona majmuasini tashkil etish maqsadida 2 yil ichida 12 mln dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilinishini hamda natijada 100 ga yaqin respublikamiz fuqarolari uchun ish joylari yaratilishi belgilangan.
Mehmonxona 4 yulduzli maqomga ega bo‘lib, 280 xonadan iborat bo‘ladi.
Rekonstruksiya jarayoni 2019 yil 1 noyabriga qadar tugatilishi kerak.