Markaziy bankning banklar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Xujjatga ko‘ra, bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini hisoblashda endilikda bankka aloqador bo‘lgan shaxsning kreditlovchi bankda depozitlar bilan ta’minlangan kreditlari hisobga olinmaydi.
Bankka aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi esa bank birinchi darajali kapitalining 25%idan oshmasligi lozim (umuman olganda barcha aloqador shaxslarga — 100%).
Shuningdek, bank bilan aloqador shaxslarni moliyalashtirishda kreditlar ta’minotiga qo‘yiladigan talablar quyidagicha pasaytirildi:
- milliy valyutada depozit qo‘yilganda kredit summasining kamida 100%i;
- xorijiy valyutada depozit qo‘yilganda kredit summasining kamida 105%i;
- davlat qimmatli qog‘ozlari qo‘yilganda kredit summasining kamida 125%i;
- ta’minotning boshqa turlari qo‘yilganda kredit summasining kamida 130%i.