Innovatsion rivojlanish vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovini e’lon qiladi, deb yozadi Vazirlik matbuot xizmati.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2019−2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovini e’lon qiladi.

“Amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar, dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovi topshiriqlari, Prezidentining farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari asosida shakllantirilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari asosida amalga oshiriladi.

Tanlov mavzulari, tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tartib va talablar bilan vazirlikning rasmiy veb-sahifasida tanishish mumkin.