“O'zbekenergo” AJ hamda Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shimcha kelishuvga erishildi, deb yozadi “O'zbekenergo” matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “O'zbekenergo” AJ hamda Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shimcha bitim imzolandi.

Mazkur bitimga ko‘ra OTBning (Osiyo taraqqiyot banki) moliyaviy ko‘magida respublikamizning Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida to‘liq avtomatlashtirilgan tizim joriy etish nazarda tutilgan.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki mazkur ko‘shimcha bitim kelajakda butun respublika bo‘ylab ushbu loyihani amalga oshirish imkonini yaratadi”, deyiladi xabarda.

“Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini amalga oshishi natijasida elektr energiyasini yetkazib berishdagi isrof miqdorini kamaytiriladi hamda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni o‘sishi oldi olinadi.