Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Yalpi oltin-valuta zaxiralari 26,8 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvarda bu ko’rsatkich 28 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 12,9 mlrd. $ (bir oy oldin 13,5 mlrd. $) ni tashkil etdi.

Monetar oltin 13,9 mlrd. $ ni tashkil etgan (avgustda bu ko’rsatkich 13,7 mlrd.). Sof oltin valyuta zahiralari esa 25,9 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvar oyida bu bu ko’rsatkich 26,5 mlrd. $ ni tashkil etdi).

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri- 970,4 mln. $.).

Shuningdek, joriy yilning avgust oyida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1219,20 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 139,7 mln. $.).