O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 milliard so‘mdan oshdi. Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlari bundan dalolat beradi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26% ga teng.

Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 52% ga teng.