“Pul shahri” o‘zaro kreditlash maydoni (peer-to-peer yoki P2P-kreditlash) — investorlar va qarz oluvchilar mavjud yoki boshlang‘ich bizneslarini rivojlantirish uchun kredit shartnomasini tuzishda bir-birlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri topishlari mumkin bo‘lgan joy bo‘lib, u hozirda O‘zbekiston bozoriga chiqish niyatida.
Kompaniya loyihaning operatsion modelini ishlab chiquvchi xodimlarni tanlab, lizing kompaniyasining bozorga chiqish strategiyasi bilan bog‘liq yetakchi maqomidagi shaxsni qidirishni boshladi.
Ta’kidlanishicha, nomzod O’zbekiston huquqiy asoslarini va moliya bozori (lizing) xizmatlarini bilishi, hamda lizing kompaniyasini boshqarishda tajribaga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, kompaniyaga bosh hisobchi qidirilmoqda.
“Gorod deneg” o’zaro kreditlash biznesiga (P2B) ixtisoslashgan bo’lib kompaniyalarga to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirishni jalb qilish imkonini beradi. 2012 yildan buyon Rossiyaning o’zaro kreditlash bozorida ishlamoqda. Yevropa va MDH mamlakatlaridagi moliyaviy kompaniyalarni birlashtiradigan xalqaro “General Invest” xolding tarkibiga kiradi.