Navbatdagi bank xodimi noqonuniy tarzda 8 ming $ ni sotayotgan vaqtda qo’lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o’tkazildi.

Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qoravulbozor filiali bosh hisobchisi A. har bir $ ni 8 025 so‘mdan hisoblab, 8 ming $ni 64,2 mln. so‘mga tanishi Sh. orqali sotgan vaqtda qo’lga olingan.

8 ming $ ashyoviy dalil sifatida olib qo’yilgan.