“MAN” avtokompaniyasi turli yo‘nalishlardagi eletromobillarni namoyish qildi: “MAN eTGE” yuk mikroavtobusi, “MAN Lion’s City E” elektrlashtirilgan avtobusi, “MAN eTruck” an’anaviy elektr yuk avtomobili va “MAN CitE” ixcham yuk mashinasi.
MAN eTGE
“MAN eTGE” elektrominiveni 100 kVt elektr dvigatelga ega. Akkumulyator hajmi — 36 kVtch. Mikroavtobusning ishlab chiqarilish sanasi va narxi hozircha noma’lum.
MAN Lion’s City E
“MAN Lion’s City E” elektroavtobuslari odatdagi “garmoshka” varianti versiyasi bilan ta’minlangan. Modifikatsiyasiga qarab 160 dan 270 kVt gacha dvigatel kuchi mavjud. Har ikkala model ham past qavatga ega, akkumulyatorlari tom qismida joylashgan. Ishlab chiqarilishi 2020 yilga rejalashtirilgan. Narxi hali e’lon qilinmagan.
MAN eTruck
“MAN eTruck” elektr yuk mashinasi “MAN TGM” ishlab chiqarish modelining takomillashtirilgan elektr versiyasiga aylandi. Qayd etilgan yuritgich zaxirasi — 200 km, yuk ko‘tarish qobiliyati — 26 tonna. “MAN eTruck"ning ishlab chiqarilish sanasi va narxi hali noma’lum.
MAN CitE
“MAN CitE” shahar elektr yuk mashinalari ponaramali oyna va haydovchi atrofini to‘liq kuzatib borish uchun qator kameralarga ega. Batareya rama ichiga joylashtirildi, ammo uning hajmi hali noma’lum. Qayd etilgan yuritgich zaxirasi — 100 km. Ichida — “MAN eMobility” firmasi elektrodvigateli. Yangi transportlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 15 tonnani tashkil qiladi. Hozircha bular yangi trasportlar yo‘llarda paydo bo‘lishi haqidagi tushuncha va dalillar, xolos.