O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 826 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqida O‘zbekiston respublikasi tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinchi va 26% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 21% ga teng.

Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona va Buxoro viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 11% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 45% ga teng.