Moskvalik mashhur dizayner Artemiy Lebedev Toshkentdagi bir qator uchrashuvlarda qatnashdi. Shunday uchrashuvlardan biri Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda arxitektura va dizayn sohasida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Kengashda Spotga ma’lum qilinishicha, Lebedev studiyasi Toshkentda shaharsozlik, arxitektura va dizayn sohasidagi mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qiziqish bildirmoqda.
Lebedev O‘zbekistonning madaniy va tarixiy sayyohlik imkoniyatlari haqida to‘xtalib, bu borada mamlakatimiz ulkan salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Loyihalar yetakchisi Alina Bajenova Artyomiy Lebedev Studiyasi MDH va Rossiyaning turli mamlakatlarida oz’ini namoyon etgan yo’nalishlar haqida so’z yuritdi.
Ularning ishlari orasida: shaharlarning logotiplari, shahardagi navigatsiya, metroda navigatsiya tizimini yaratish, mobil ilovalarni yaratish, “Faol fuqaro” dasturi, kichik me’moriy shakllar, shahar yo’lovchi tashish transporti, parklar va ommaviy tadbirlar dizayni va boshqalar. Bularning barchasi shahar ma’muriyatining rejalari, tashabbuslari va loyihalari bilan chambarchas bog’liq.
Lebedev Studiyasi Toshkent shahri uchun logotip yaratish bo’yicha tanlovda ishtirok etish niyatida, shuningdek Toshkent shahar kengashi va kengash tomonidan ilgari surilgan ustuvor mavzular bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish istagini bildirdi.
Dizayner Toshkent biznesmenlari bilan ham uchrashishni (masalan, Lebedev MyTaxi ofisi va korzinka.uz supermarketiga tashrif buyurdi)va Xivaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.