Ohangaronda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan korxona ish boshladi, deb yozadi Xalq so’zi.

Ohangaron shahrida “Dal Heave Industries” MCHJ metall mahsulotini buyurtmachining xohishiga qarab ishlab chiqaradigan kompyuterlashtirilgan tizim bilan jihozlangan.

Korxona turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi hisobiga bunyod etilgan.

Hozircha mazkur korxona metall konstruksiyasi va quyosh panellarini ishlab chiqaradi. Korxona dastlabki mahsulotlarni eksportga tayyorlab qoʻydi.

Yiliga 12 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega korxona mahsulotlarining teng yarmi eksportga yoʻnaltiriladi.

Yangi loyiha doirasida 11 mln. $ miqdorida qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.