Prezidentning “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, mamlakatimizning butun hududida saylov jarayoniga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi joriy etiladi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan (SYAER) foydalaniladi.

Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda fuqarolarning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda vazirlik ma’lumotlar axborot bazasida ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq muvofiqlashtiradi.

Shu bilan birga, qaror bilan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYAERdan foydalanishda yagona texnologik yondashuvni, shuningdek, ularning hududlarda samarali ishlashini ta’minlaydi.