“GM Uzbekistan” qo’shma korxonasi “Kapitalbank” bilan birgalikda “Lacetti” avtomobili uchun imtiyozli avtokreditlar yo’lga qo’yilganini e’lon qildi.
“Tez orada biz avtokredit rasmiylashtirish orqali xarid qilish mumkin bo’lgan „GM Uzbekistan“ avtomobillari modellarini ko’paytiramiz”, deyiladi xabarda.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, Lacetti SX M / T (1-pos.) avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:
- 10% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — yillik 22% ustama
- 30% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — yillik 20% ustama
- 50% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — yillik 19% ustama
- 60% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — yillik 18% ustama
Rasmiylashtirish bevosita AS Servis rasmiy dilerlarining joylarida amalga oshiriladi.
Ushbu modeldagi jami 1000 avtomobil imtiyozli avtokreditlar uchun ajratilgan.
Batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning Facebookdagi sahifasida tanishish mumkin.
Ilgari Spot 2018 yilning kuz faslida O‘zbekiston banklaridagi avtokreditlar holati haqida xabar bergan edi.