GM Uzbekistan avtomobil xarid qilish uchun 25 mingdan ortiq shartnomalarni taqdim etmoqda.

“GM Uzbekistan” AJ kompaniyaning rasmiy saytida xarid jarayonlari shaffofligini ta’minlash hamda xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik korxonalar kesimida avtomobil xarid qilish uchun taqdim etilayotgan shartnomalar ro‘yxatini yangilanib borishini eslatib o‘tdi.

“Joriy yilning 17 oktyabr holatiga dilerlar kesimida avtomobil xarid qilish uchun 25 171 dona shartnomalar mavjud, shundan 9492 dona Spark, 2475 dona Nexia, 3671 dona Cobalt, 6884 Lacetti hamda 2649 dona Malibu”, deyiladi xabarda.

Shartnomalar mavjud dilerlar ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin. Ro‘yxat kunlik tarzda yangilanadi hamda dilerlarda imzolangan shartnomalarga qarab o‘zgarib boradi.