Bank tizimidagi talon-tarojliklar fosh qilindi, deb yozadi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, TIF “Milliy bank” Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirganligi aniqlandi.

Ular mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning valyuta hisob-raqamlarida bo‘lgan 759 ming $ ni ularning xabarisiz boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o‘tkazib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan TIF “Milliy bank” Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.