O‘zbekistonda dollar kursi uzluksiz ravishda ko’tarilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6 so‘mga qimmatlab, 8 277 so‘mni tashkil qildi.

Yevro ham ko’tarilib (76 so’m), 9 451 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 3 so‘mga ko’tarilib, 125 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.