O‘zbekistonda bank sektorini isloh qilish rejalashtirilayapti, deb ma’lum qildi Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov Qozog‘iston moliyachilarining VIII Kongressida, deb xabar beradi Spot muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin olti oy ichida bank faoliyati to‘g‘risida MDH mamlakatlari tajribasini o‘z ichiga olgan yangi qonun qabul qilinadi.

Markaziy bank rahbari yangi formatdagi bank sektori uchun — yangi sharoitlarda ishlashga tayyorgarlik ko‘rish, zamonaviy, shu jumladan moliyaviy tahlikalarga javob qaytara olishga chaqirdi, chunki mamlakat bank tizimi uchun asosiy xavf — tahlikaga qarshi kurashishda bir qadar rivojlangan va ochiq iqtisodiyotga ega tajriba yetishmasligini qayd etib o‘tdi.

Masalan, O‘zbekistondagi yirik banklar asosan davlatga tayanadi, bu ularga muqobil moliyalashtirish manbalarini izlashga halaqit qiladi, shu jumladan moliyaviy vositalarni chiqarish yo‘li bilan.

Markaziy bank rahbari bu yil hukumat davlat korxonalarini qayta tashkil etishni boshlaganini va moliyaviy bozorni rivojlantirish, avvalambor, mamlakat moliyaviy siyosatining samaradorligini oshirish uchun zaruriyat ekanini ta’kidladi.

Markaziy bank rahbari hukumatning davlat dasturlarini ishlab chiqadigan alohida bankni tashkil etayotganini tasdiqladi, shuningdek, banklardagi davlatlarning ishtirokini qisqartirilishini e’lon qildi:

“Biz hukumat bilan banklarning kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish zarurligi haqida kelishib oldik”, — deydi Nurmuratov.

U, shuningdek, soliq islohoti bozor ishtirokchilariga teng yuk yaratib, iqtisodiyot yukini yengillatishi joizligini ta’kidladi.