Respublikada 2019−2020 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq:

  • 2019−2020 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • 2019 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini tashkil qilishning manzilli dasturi tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida umumiy qiymati 818 mln. 367 ming $ miqdoridagi jami 28 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu orqali esa 156 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo‘yicha 2020 yilda jami 157 ta tumanda 77 ta loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilgan.