21 noyabr kuni Moliya vazirligida G’aznachilik boshlig’i-moliya vaziri o’rinbosari tomonidan yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noto’g’ri yoki ortiqcha to’langan to’lovlarni o’z vaqtida qaytarishda qulayliklar yaratish maqsadida soliq va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish bo’yicha vakolatli organlari tomonidan xulosalarni elektron tarzda g’aznachilik organlariga elektron ma’lumotlar almashinuvi yo’li orqali yuborilishi yuzasidan kelishib olindi.

“Bu esa ortiqcha va noto’g’ri to’langan mablag’larni tezkorlik bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi uchun imkoniyatlar yaratiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslar ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish uchun 15 kundan 20 kungacha vaqt talab etmoqda. To’liq elektron tizimga o’tilishi natijasida bu jarayon 3−4 baravargacha qisqaradi.