Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida Xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiga quyidagilarni qo‘llagan holda to‘liq rejimda joriy etiladi:

2018 yil 1 dekabrdan boshlab:

  • sariq yo‘lak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
  • qizil yo‘lak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

2019 yil 1 martdan boshlab:

  • yashil yo‘lak”, bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
  • ko‘k yo‘lak”, bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda bojxona terminallarini qurish tarmoq jadvali tasdiqlandi.

2019 yil 1 martdan boshlab olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina yo‘lga qo‘yiladi.