O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarildi va rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13 so‘mga ko’tarilib, 8 314 so‘mni tashkil qildi.

Yevro esa pasayib (3 so’m), 9 408 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 1 so’mga pasayib, 123 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.