Eronning “Zarin Taj Mahan Industry Group” kompaniyasi O’zbekistonda eshilgan ip ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 20 million yevro ajratadi, deya “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida xabar berildi.

Xabar qilinishicha, kompaniya Qashqadaryo viloyatida kuniga 24 tonnagacha ip ishlab chiqarish uchun fabrika qurishni rejalashtirmoqda. Bunga 20 million yevro sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida mahalliy aholi uchun 500 ga yaqin yangi ish joylarini tashkil etish rejalashtirilgan.