01

Nima bo’ldi?

Ukraina Shakar ishlab chiqaruvchilari milliy assotsiatsiyasi O’zbekiston shakar importini to’xtatib qo’yganini xabar qildi. Tashkilot O‘zbekistonga yetkaziluvchi shakar va boshqa yuklar yuklanmayotgani va bojxona jarayonlaridan o‘tkazilmayotganini ma’lum qildi. O’zbekistonga shakar eksport qiluvchi “Astarta” kompaniyasi yetkazib berishda uzilishlar mavjudligini tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, bu holat noyabr oyining boshidan buyon kuzatilgan.

02

O’zbekiston Ukrainadan shakar sotib olmoqdami?

Yil boshidan boshlab O’zbekiston oyiga 20 dan 30 ming tonnagacha shakar import qiladigan Ukrainaning asosiy xaridori hisoblanadi. O’zbekiston Ukraina shakar eksportining umumiy miqdoridan 50% dan 90% gacha shakarini import qilgan.

03

Milliy ishlab chiqarish haqida nima desa bo’ladi?

O’zbekistonda ikkita shakar zavodi mavjud — Angren va Xorazmda. Biroq, moliyaviy hisobotlarni hisobga olgan holda, ular 2017-yil sentabr oyida valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon muammolarga duch kelishdi. Masalan, 2017 yilning birinchi yarmida Xorazm zavodida aylanma 465 milliard so’m miqdorida bo’lgan bo’lsa, 2018 yilning birinchi yarmida faqat 65 million so’mni tashkil etdi. Biroq, sentyabr oyida Toshkent shahri fuqarosi zavodning asosiy egasi bo’lganidan keyin vaziyat yaxshilandi (kompaniya 20 million $ kredit olishga qaror qildi, bu pulni xomashyo sotib olishga sarflash rejalashtirilmoqda).

04

O’zbekiston shakarni faqat Ukrainadan xarid qiladimi?

Yo’q. 2017 yilning dekabrida Rossiyadan shakar import qilinadi. O’zbekiston faqat yaqinda chet eldan shakar sotib olishga kirishdi — Rossiyaning “Prodimex” qishloq xo’jalik xoldingida Rossiyadagi shakar yetkazib berish 26 yil davomida bojxona qiyinchiliklari tufayli amalga oshirilmagani bilan izohlandi.


05

Ammo Ukraina asosiy shakar yetkazib beruvchi hisoblanadimi?

Asosiy emas, balki ko’p miqdorda yetkazib beruvchi sanaladi. 2017−2018 yillarda O’zbekiston Ukrainadan 79 million $ miqdorida shakar sotib olgan bo’lsa, 2018 yil yanvar-oktabrda umumiy shakarning umumiy eksporti 288 million $ ni tashkil etdi, ya’ni Ukraina import shakarining 20%dan 30%gacha bo’lgan miqdorini tashkil etadi, bu ham juda ko’pdir.

06

Do’konlardagi holat qanday?

Hozirgi paytda shakarga shov-shuv kuzatilmayapti. Shakar ilgarigidek 4600 — 5000 so’mda sotilmoqda. Do’konlarda Spot muxbiriga ma’lum qilishlaricha, ham javonlarda, ham omborlarda yetarli shakar mavjud. Shuningdek “korzinka.uz” supermarket tarmoqlarida shakar yetkazib berilishda uzilishlar mavjud emasligi ma’lum qilindi.