Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) 5,219 ta Ravon Nexia R3 avtomobilini ixtiyoriy ravishda chaqirish bo’yicha tadbirlar dasturini muvofiqlashtirish to’g’risida xabar berdi.

Tadbirlar dasturini Rossiya bozorida RAVON ishlab chiqaruvchining rasmiy vakili bo’lgan “Ravon Motors Rus” MChJ taqdim etdi.

Chaqiriqqa 2017-yil may oyidan 2018 yil martga qadar VIN-kodlari bilan sotiladigan avtomashinalar taalluqli.

Avtotransport vositalarining qaytarib olinishiga prujinali xomutning kam siqish kuchi tufayli metall trubkadan chiqarish shlangining siljish ehtimolligi sabab bo’ldi. Bu tizimdan gidravlik suyuqlik oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

“„Ravon Motors Rus“ MChJ ishlab chiqaruvchisining vakolatli vakillari Ravon Nexia R3 avtomobili egalariga, ta’mirlash ishlarini bajarish uchun eng yaqin dilerga transport vositasini yetkazib berish kerakligi haqida xabarni xat yoki telefon orqali yetkazadilar”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, avtomobil egalari vakolatli sotuvchidan xabarni kutmasdan, mustaqil ravishda, o’z avtomobilining chaqiriqqa tushib qolmasligini aniqlashlari mumkin. Buning uchun avtomobil VIN-kodini biriktirilgan ro’yxat bilan solishtirish, eng yaqin dilerlik markaziga murojaat qilib, ta’mirlash uchun ro’yxatdan o’tish joiz.

Transport vositalarida rul boshqaruvi tizimidagi shlangga ikki qo‘shimcha xomut o‘rnatiladi. Barcha ta’mirlash ishlari bepul amalga oshiriladi.