Samsung 5G smartfonini birinchilardan bo’lib taqdim etishi mumkin. Bu bilan Samsung Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilardan o’zib ketadi.

Bugungi kunda Samsung “Verizon Communications” bilan hamkorlik qilmoqda. Kompaniya 2019 yilning birinchi yarmida 5G smartfonini chiqarishni va’da qildi. Biz Qo’shma Shtatlar haqida gapirayapmiz, lekin, ehtimol, o’sha sanalar boshqa mamlakatlarga ham qo’llaniladi, deb yozadi “Reuters” axborot agentligi.

Tez orada Samsung o’zining 5G-smartfoni prototipini namoyish etadi. Bu 4-dan 6-dekabrgacha Gavayada bo’lib o’tadigan “Snapdragon Technology Summit” konferensiyasida sodir bo’ladi.

Janubiy Koreyada 5G tarmog’ini Samsung Galaxy S10 da sinab ko’rilgan edi.

Apple haqida nima deyish mumkin?

Apple beshinchi avlod tarmoqlarini “o'zlashtirishda” shoshilmaydi. Bloomberg xabar berishicha, 5G bilan ishlaydigan birinchi iPhone 2020 yilga qadar e’lon qilinmaydi.

Gap shundaki, Qualcomm bilan yuridik protseduralar tufayli Apple modemlardan foydalana olmaydi, shuning uchun Intelda kerakli chiplar paydo bo’lishini kutishga to’g’ri keladi.