Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • oltin tanga — 12,8 million so’m;
  • kumush tanga — 241 ming so’m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Ilgari Spot xabar berganidek, Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.

2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.