2019 yil Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri Moliya vazirligi tomonidan tayyorlandi va taqdim etildi.

Fuqarolar uchun byudjet loyihasi BMTning Traqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining moliyaviy yordamida tayyorlangan bo’lib Davlat byudjeti toʻgʻrisida, keng omma (barcha fuqarolar) uchun qulay va tushunarli tilda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻplamidir.

Fuqarolar uchun byudjet loyihasida 2019 yilga mo’ljallangan:

  • Soliq islohoti;
  • 2019 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasi:
    • Davlat byudjeti daromadlari;
    • Davlat byudjeti xarajatlari;
    • Davlat dasturlari;
    • Byudjet taqchilligi va davlat qarzi;
  • O‘zbekiston davlat moliyasini boshqarish kabilar bilan tanishish mumkin.

Ta’kidlanishicha, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan Davlat byudjeti maʼlumotlarini onlayn tarzda olishlari uchun bugungi kunda Moliya vazirligi tomonidan “Ochiq byudjet” sayti ishlab chiqilmoqda.