FIFA vakillari “Milliy” stadioniga tashrif buyurishdi, deb yozadi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra Toshkentda FIFA Forward dasturi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Seminar so’nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter “Milliy” stadioniga tashrif buyurishdi.

“Ular yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo’yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko’rsatmalar berib o’tishdi”, deyiladi xabarda.

Mazkur loyiha bo’yicha kelgusida “Milliy” stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan.

“Milly” stadioni 2012 yilda qurilgan bo’lib 2018 yilga qadar “Bunyodkor” nomi bilan tanilgan.