Ishlayotgan pensionerlarga pensiya to’liq miqdorda to‘lanadi. Bu haqda prezident Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda xabar berdi.

“Konstitutsiyamizda aholining muhim ijtimoiy huquqi sifatida kafolatlangan pensiya ta’minoti kelgusi yillarda ham eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning so’zlariga ko’ra, 2019 yildan boshlab pensiya to‘lovining yuqori chegarasi eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobariga oshiriladi.

Ilgari Spot sentyabr oyida 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdorini eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravarigacha oshirish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.