Byudjetdan tashqari pensiya Jamg’armasining taklifi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, Joriy yilning 1 oktabridan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lovlarini to’liq holda berish taklif etilmoqda.
2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdorini eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravarigacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek kelgusi yil boshlanguniga qadar pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdori oshganligini hisobga olgan holda, pensiyalar miqdorini qayta hisoblash kutilmoqda.
Joriy yilda ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lashga pul mablag‘lari birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushumlar hisobidan ajratiladi.
Ilgari Spot, 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari xodimlariga nafaqa to‘liq miqdorda to‘lanishi haqida ma’lumot bergan edi.