Avvalroq Moody‘s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini Ba2 darajasiga ko‘targani haqida xabar berilgandi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur yangilik bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

“Bu prezidentimiz rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasidir”, — deb yozdi Mirziyoyeva.

Taʼkidlanishicha, mazkur ko‘rsatkich yana-da qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlaridan darak beradi.

Prezident Administratsiyasi rahbari oldinda hali qiladigan ishlar ko‘p ekanani bildirdi.

“Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta‘minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Saida Mirziyoyeva.

Spot, avvalroq, Fitch O‘zbekiston kredit reytingi prognozini “barqaror"dan “ijobiy"ga yaxshilagani haqida yozgandi.