Ilon Maskga qarashli Boring kompaniyasi Los-Anjeles ostidagi tezkor yer osti sinov tunnelini ochdi, deb xabar beradi “Reuters”.
3.2 km kenglikdagi tunel Los-Anjelesda joylashgan. Ushbu tunnelda o‘rtacha harakatlanish tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. Tunnelda tez harakatlanish uchun avtomobillar kerak bo‘lganda chiqariladigan va kerak bo‘lmaganda olinadigan yon g‘ildiraklar bilan jihozlanadi.
Ushbu obyektning qurilishi deyarli ikki yil davom etdi. The Boring Company tomonidan ishlab chiqilgan loyiha yo’llardagi tirbandliklarga qarshi kurashish doirasidagi birinchi tunnel bo’ldi.
Tunelda birinchi bo’lib kompaniya xodimi Tesla Model X avtomobilida ikki daqiqada1,8 km uzunlikdagi “yer osti yo’l” ni bosib o’tdi.
Kompaniyaning konsepsiyasiga ko’ra, yuqori tezlikdagi transport tizimi ko’plab shaxsiy stansiyalarni birlashtiradi va yo’lovchilarni yetkazib berishni amalga oshiradi.