Prezident “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:

  • yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish;
  • o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etiladi. Markaz eksport faoliyatiga axborot-tahliliy va moliyaviy ko’mak ko’rsatadi.

Shuningdek, qaror bilan:

  • Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (Moliya vazirligi 2019 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million $dan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni agentlikka ajratadi) va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalarini tashkil etiladi;
  • “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sug‘urtalash vazifasini yuklatilib, Tashqi savdo vazirligiga o‘tkaziladi;
  • O‘zbekiston tashqi savdo vaziri “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylanadi.