Prezidentga Bektemir tumanidagi “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

“Prezident mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilgan temir-beton panellardan namuna sifatida qurilgan xonalarga kirib ko‘rib, ko‘p qavatli uylarni tez muddatlarda qurish, aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun bunday korxonalar juda zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Shu yo‘nalishga ixtisoslashgan korxonalarni ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Toshkent shahri iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

2019 yilda poytaxtimizga 2 milliard 700 million $ miqdorida investitsiya kiritilishi, bu mablag‘ sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.