“Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunga o’zgartirish kiritildi.

32-modda (Pensiyalarni hisoblab chiqarishda e’tiborga olinadigan ish haqi turlari)

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

36-modda (Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish)ning birinchi qismi

Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

40-modda (Chet elda ishlash vaqtini stajga qo‘shish shartlari)ning birinchi qismi

Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda.