28 dekabr kuni Toshkent shahridagi Startup Grind xalqaro mustaqil start-up jamiyatining CMI afterparty bar bilan hamkorlikda birinchi yangi yil bayrami bo’lib o’tadi.

Tashkilotchilar ta’kidlashlaricha, bu yerda yangi qiziqarli odamlar bilan tanishish, tadbirkorlar, turli startap ishtirokchilari bilan g’oyalarni muhokama qilish mumkin bo’ladi.

Tadbirga tadbirkorlar, IT-mutaxassislar, marketologlar, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar taklif etiladi.

Joy va manzil: CMI afterparty bar, Kary Niyazov ko’chasi, 68. Sana va vaqt: 28 noyabr (juma), 23:00—02:00.

Kirish bepul. Ro’yxatdan o’tish kerak.

Silikon vodiysida asos solingan Startup Grind millionlab tadbirkorlarga o’z bizneslarini yo’lga qo’yishga, strategik hamkorlar bilan bog’lanishga va sarmoya jalb qilishga yordam berdi. Ushbu loyiha GroundZero kovorking-markazlari tarmog’i hamkorligida amalga oshirildi.